
Evropa ligasida hafta futbolchisi e’lon qilindi
Joriy haftada Evropa ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. UEFA musobaqaning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, ushbu nomga "Lester" futbolchisi Patson Daka munosib ko‘rildi. Aytish kerakki, 23 yoshli zambiyalik futbolchi Moskvada "Spartak"ga (4:3) qarshi o‘yinda poker muallifi bo‘ldi.
Ushbu nom uchun shuningdek, Lorentso Insine ("Napoli"), Issa Diop ("Vest Xem") va Karl Toko Ekambi ("Lion") kabi futbolchilar nomzodi ham bor edi.
Fikrlar