
Evropa ligasining joriy haftadagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
Xabaringiz bor joriy hafta Evropa ligasida 1/16 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy haftadagi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Darvozabon: Gedryus Arlauskis ("ChFR Kluj");
Himoyachilar: Gael Klishi, Martin Shkrtel (ikkalasi - "Istanbul"), Pape Abu Sisse ("Olimpiakos"), Mett Dogerti ("Vulverxempton");
Yarim himoyachilar: Filip Kostich ("Ayntraxt"), Pitstsi ("Benfika"), Fred ("Manchester Yunayted"), Edin Vishcha ("Istanbul");
Hujumchilar: Andre Silva ("Ayntraxt"), Xonatan Kaleri ("Espanol").
Fikrlar