
Evropa yoki Osiyo! “Navbahor”dan ketgan murabbiy qaerdan ish topganini sir tutyapti
2020 yili “Navbahordan” iste’foga chiqqanidan keyin rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis hali biror joyda ishlagani yo‘q.
Bu murabbiy anchadan beri o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. Yaqinda u xorij klubiga borib, ish masalasida muzokara o‘tkazib qaytganini ma’lum qildi.
- Terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan berilgan tanaffusdan foydalanib, klublardan biri bilan muzokara qilib keldim. Bu jamoa Evropada yoki Osiyoda ekanini aniq aytmayman. Muzokaralar oxirgi nuqtaga etmagunicha bu sir bo‘lib qoladi. Shartnoma imzolaylik, keyin e’lon qilamiz.
Bosqichma-bosqich oldinga intilyapmiz. Tez orada aniqlik kiritiladi va bu jamoa nomini bilib olasizlar. Hozir ozgina sabr qilamiz, - dedi Andrey Kanchelskis.
Fikrlar