Evropada Ronaldu va Messiga etadigani qolmadi!
Evropaning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasida maydonda eng uzoq vaqt to‘p tepgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi.
Transfermarkt portali tuzgan reytingda qit’aning eng katta turnirida uzoq vaqt to‘ptepgan futbolchi sifatida Krishtianu Ronaldu qayd etilgan. Portugaliyalik yulduz bu musobaqada 183 ta uchrashuvda jami 15758 daqiqa o‘ynagan.
Keyingi o‘rinda uning ashaddiy raqibi Lionel Messi bormoqda. Argentinalik hujumchi bu turnirda 163 marta maydonga tushib, 13577 daqiqa to‘p tepgan. Qizig‘i shundaki, har ikki futbolchi hozir boshqa qit’alar jamoalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Umumiy reytingning kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Krishtianu Ronaldu — 183 matcha, 15 758 minut.
2. Lionel Messi — 163 matcha, 13 577 minut.
3. Serxio Ramos — 142 matcha, 12 449 minut.
4. Raul Gonsales — 142 matcha, 11 989 minut.
5. Toni Kroos — 151 match, 11 635 minut.
6. Paolo Maldini — 135 matchey, 11 450 minut.
7. Xavi — 151 match, 11 308 minut.
8. Robert Levandovski — 135 matchey, 11 196 minut.
9. Karim Benzema — 152 matcha, 10 943 minuty.
10. Jerar Pike — 128 matchey, 10 627 minut.
Bu ro‘yxatga kirgan futbolchilar orasida faqatgina “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Chunki polshalik forvard bu mavsum ham Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda.



Fikrlar