Evropada superiqtidorli futbolchi paydo bo‘ldi
Evropa grandlari – “Chelsi”, “Bavariya” va “Barselona” Deniya chempionatida porlay boshlagan 16 yoshli yarim himoyachi Runi Bardjini talashmoqda.
“Kopengagen” sharafini himoya qilayotgan vunderkind “Olborg” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Daniya chempionatida tarixida gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.
Umumiy hisobda esa, Runi to‘rtta o‘yinda qatnashib, gollari sonini ikkitaga etkazib oldi.
Unga xaridor bo‘layotgan jamoalar Runining yangi qirralarini ochib, kelajakda futbol yulduzi qilib tarbiyalamoqchi.

Fikrlar