Evropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Piter Xyuistraning Shota Arveladzedan farqi haqida Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bilan intervyu

  • 13 may, 2021, 09:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz o‘zbek futbolidagi eng iqtidorli yosh futbolchilardan biri - Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bilan suhbat uyushtirdi.

Tecno

- «Bunyodkor» sizni kashf etdi, lekin «Paxtakor» sizni qaytarib oldi. «Qaldirg‘ochlar»ni tashlab ketish qiyin bo‘lmadimi?

- Qiyin bo‘lmadi, ammo menga berilgan imkoniyat uchun Vadim Karlenovichdan minnatdorman. Jamoaga kelishim bilan ikki kundan so‘ng, asosiy tarkibda maydonga tashlagandi.

erghererkhoekrohkerh

- «Paxtakor» safida «Nasaf»ga qarshi o‘yinda sizni zaxiradan maydonga tushishingiz voqealarni o‘zgartirib yubordi. Aytingchi, natijaga ta’sir ko‘rsataman, deb o‘ylaganmidingiz?

- Ochig‘i, kutmagan edim. Boz ustiga, zaxiradan tushib, o‘yinni o‘zgartirish haqida o‘ylagan bo‘lsam ham, lekin g‘alaba qozonish haqida o‘ylamagandim. Yaratganning irodasi bo‘ldi.

- Asl pozitsiyangiz himoyachi yoki hujumchi?

- Men himoyachi emasman. Hujumda to‘p surish ko‘proq yoqadi. Shunday bo‘lsa-da, murabbiylar ko‘rsatmasidan kelib chiqib, orqa chiziqda to‘p tepishim mumkin.

- Siz Shota Arveladze bilan birga ishlagansiz. Endi Piter Xyuistra qo‘l ostida faoliyat olib boryapsiz. Ularning o‘yin uslubi bir xilmi?

- Tashqaridan bir xildek ko‘rinishi mumkin, ammo o‘yin qurishda farq katta. Futbolchi sifatida aytishim mumkin, ular talab qiladigan narsalar bir-birini qaytarmaydi. Xyuistrani o‘z strategiyasi bor, deb hisoblayman.

- Klub bilan MTJ sharafini himoya qilishning qanday farqi bor?

- Farqi katta. Klub o‘z yo‘liga. Terma jamoa libosida siz vatan sha’nini himoya qilishingiz kerak. Klubdagi yutuq jamoaniki. Agar, terma jamoada g‘alaba qozonsangiz, butun xalq xursand bo‘ladi. Mag‘lubiyatlar ham shunday. MTJdagi omadsizlikni hamma yuragiga yaqin oladi. Mas’uliyat katta.

gkiergorekgokerherh

-Bizda «iqtidorli bolalar qishloqlarda qolib ketyapti»,- degan atama bor. Xo‘sh, iqtidorli bolalar o‘zi istasa, sizga o‘xshab «yorib chiqishi» mumkinmi? Yoki bunga omad kerakmi?

- Hozir Toshkentdagi katta jamoalarning barchasida viloyatdan kelgan yosh futbolchilar shug‘ullanmoqda. O‘ylashimcha, iqtidorli bo‘lsangiz kifoya. Omad shart emas. Barchasini engib o‘tish uchun mehnat qilish kerak. O‘z ustida tinimsiz ishlagan futbolchilar bir kun yuzaga chiqadi.

- Siz ham Xojimat Erkinov singari Eldor Shomurodovning agenti bilan shartnoma imzolaganingiz haqida mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalar haqiqatga yaqin?

- Keling, shu sir bo‘lib qolsin. Hozirdan biror narsa demoqchi emasman. Vaqti kelganida muxlislar, albatta, bilib olishadi.

- Kelajakdagi rejalar qanday? Xorijga yo‘l olish rejangizda bormi?

- Albatta, bor. Nasib qilsa, chet klublarda to‘p surib, mahoratimni yanada oshirmoqchiman. Imkon boricha O‘zbekistonda qolmaslikka harakat qilaman. Asosiy maqsadim ham shu. O‘sishni istagan futbolchi, albatta, legioner bo‘lishi kerak. Ana shunda, yangi darajaga ko‘tarilish mumkin.

- SPORTS.uz o‘quvchilariga tilaklaringiz.

- E’tibor qilganingiz uchun sizlarga rahmat. Sayt bundanda katta muvaffaqiyatlarga erishsin. Futbol muxlislariga esa, mustahkam sog‘liq tilayman.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev suhbatlashdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!