
Evropaga sig‘may qolgan yulduzni Saudiyada kutishyapti
Braziliyalik legioner Antoni “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorimning boshlanayotgan mavsum uchun ham rejalariga kiritilmadi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Betis”da o‘tgangan Antoni sermahsul o‘yin ko‘rsatdi. Aslida ispan klubi uni yana ijaraga olib qolmoqchi edi. Biroq manchesterliklar 25 yoshli o‘yinchini to‘liq transfer qilishni so‘radi. “Betis”da esa, bu yulduz uchun etarli mablag‘ topilmadi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan Saudiya Arabistoni klublari foydalanib qolishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ikki jamoa Antoni transferini amalga oshirishni rejalashtiryapti.
Antoni uchun ideal variant Evropada qolish ekani aytilmoqda. Ammo futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istasa, shayxlar taklifini qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar