Evropaning mashhur klubi syurpriz bo‘lishi aytilgan Abbosbek Fayzullaev bo‘yicha munosabat bildirdi

  • 14 oktabr, 2023, 22:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum kashfiyoti – Abbosbek Fayzullaev xorijiy ommaviy axborot vositalari xabarlar lentasida ham tilga olina boshladi.

Tecno

Turkiya ommaviy axborot vositalari o‘zbek futbolchisiga Superliga peshqadami “Fenerbahche” qiziqish bildirayotganini yozgandi.

image_2023-08-01_08-01-38

- Davralar oralig‘ida transfer harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan “Fenerbahche”da syurpriz nomzod paydo bo‘ldi.

Bosh murabbiy Ismoil Kartal 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullaevni ko‘z ostiga oldi. Kartal topshirig‘iga ko‘ra, skautlar guruhi o‘zbek futbolchisining o‘yinlarini kuzatib kelgan, - deb xabar tarqatdi https://www.sporx.com sayti.

Bu xabar futbol muxlislariyu mutaxassislarini bee’tibor qoldirgani yo‘q.

“Fenerbahche” direktorlari kengashi a’zosi Salohiddin Baki TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev transferi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

- Qishda Abbosbek Fayzullaevning “Fenerbahche”ga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, - dedi Salohiddin Baki Rossiya futbolini yoritib kelayotgan  https://www.championat.com  sayti jurnalistlari so‘roviga javob berib.

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev uchun 2023 yil omadli kechmoqda. “Paxtakor” tabiyalanuvchisi joriy yilda xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyish qila oldi hamda bu orqali xorijlik mutaxassislar nazarini qozondi.

PZrsIBh2H28KaxqIl2MaFY6MQzwIBBgs

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Abbosbek dastlab, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi. Iste’dodli futbolchimiz Toshkentda o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovrin bilan taqdirlandi.

Keyinroq, Fayzullaev aynan mana shu terma jamoa bilan Argentina mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham yorqin iste’dod sohibi ekanini namoyish qildi.

Mana shu ikki turnirdagi samarali o‘yini Fayzullaevni muxlisu mutaxassislarga yanada ko‘proq tanitdi va unga xaridorlar chiqa boshladi.

Avgust oyining boshida Moskvaning TsSKA klubi Abbbosbek Fayzullaevning transferini uddaladi. Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tganidan keyin hujumkor futbolchimiz qisqa fursatda yangi jamoa etakchilaridan biriga aylandi.

Premer-ligada oltita uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va assist qayd etgan hamyurtimiz uchta individual sovringa ega bo‘ldi. Abbos TsSKAning sentyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi, shuningdek, “Krilya Sovetov” va “Spartak” bilan bo‘lgan bahslarda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

30640.120880.789_1

Abbosbek Fayzullaev maqsadi yanada kuchliroq chempionatlarda to‘p tepish ekanini yashirmaydi. Uning birinchi murabbiyi Dmitriy An shogirdining o‘yin uslubiga ko‘proq Ispaniya chempionati mos tushishini ta’kidladi.

Legionerimiz  TsSKA klubi bilan 3+1 ko‘rinishida shaxsiy shartnoma imzolagan. Bugungi kunda rossiyalik futbol ekspertlari uning o‘yin sifatini yuqori baholamoqda.

Evropada O‘zbekiston o‘yiniga e’tibor qaratishdi

Manba: Shomurodov baribir “Kalyari”dan ketadi!

“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

Shomurodov o‘ynayotgan tarkib qancha turadi?

Fayzullaev qoyillatyapti!

Fayzullaev “yulduzlik kasali”ga uchradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!