
Evropaning TOP-7 ligasida 2024 yil futbolchi xarid qilmagan yagona klub noma ma’lum
Hozirda "Liverpul" 2024 yil qishgi va yozgi transferlar oynasida birorta ham futbolchi xarid qilmadi.
Bu ko‘rsatkich bilan "Mersisaydliklar" 132 ta jamoani o‘z ichiga olgan Evropaning kuchli ettilik chempionatlaridagi yagona klub hisoblanadi.
Ingliz klubi o‘zining so‘nggi xaridlarini 2023 yilning yozida amalga oshirgan. O‘shanda yarim himoyachilar Dominik Soboslai, Aleksis Mak Allister, Rayan Guavenberx va Vataru Endo jamoaga qo‘shilgan edi..
Ma’lumot uchun APLning o‘tgan mavsumini "Liverpul" 82 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rin bilan yakunladi.
Fikrlar