
"Eyndxoven kubogi". Bokschilarimizning dastlabki raqiblari ma’lum
Avval xabar berganimizdek, 6-9 iyun kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida "Eyndxoven boks kubogi" musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu turnirda ishtirok etadigan uch nafar bokschimizning dastlabki raqiblari ma’lum bo‘ldi.
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Xartmas Geramido (Niderlandiya);
-70 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Ivaniuk Evgeniy (Ukraina);
-90 kg: To‘rabek Xabibullaev - Jazevisius Jons (Litva).
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Shohid Tillaboev.
Ma’lumot uchun, "Eyndxoven kubogi" bahslarida 28 ta davlatdan 179 nafar bokschi ishtirok etadi. Ulardan 124 tasi erkaklar bo‘lsa, qolgan 55 nafari ayollardir. Janglar 10 ta vaznda bo‘lib o‘tadi. 6 iyunda chorak final uchrashuvlari o‘tkazilsa, bir kun o‘tib yarim final janglari tashkil etiladi. Musobaqa ikki dasturda, Toshkent vaqti bilan 17:00 va 22:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar