
Fabino Firmino sababli "Liverpul"ni tanladimi?
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino "Monako"dan "qizillar" safiga o‘tishida jamoadoshi Roberto Firminoning o‘rni katta bo‘lganligini aytib o‘tdi.
"Liverpul"ga ko‘chib o‘tish oldidan Bobbi (Firmino) bilan klub, shahar va tumanlar haqida suhbatlashdim. Yangi jamoaga o‘tish jarayonida sen bilan hamyurting birga bo‘lishi yoqimli edi, shu bois do‘stligimiz muhim rolni egalladi", - deydi Fabino Liverpool Echoga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" o‘tgan yozda Fabino transferi uchun 45 million evro sarflagan edi. Joriy mavsumda braziliyalik yarim himoyachi 22ta uchrashuvda 1 bor gol urishga hamda 2ta golli uzatma oshirishga erishdi.
Fikrlar