Fabio Kannavaro: "Bosh murabbiy sifatida men o‘z vazifamni mas’uliyat bilan bajarishim kerak"

  • 11.12.2025 13:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’adan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz tariximizda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldik. Bu – futbolchilarimiz uchun katta tajriba bo‘ladi. Bosh murabbiy sifatida men o‘z vazifamni mas’uliyat bilan bajarishim kerak. Eng muhimi – jamoa mundial jarayonidan zavq olishi.

Guruhimizda FIFA reytingining TOP-20 ligiga kirgan ikki kuchli raqib bor. Shu bois har bir o‘yin juda muhim, uchala bahs ham katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda men yoshlar bilan juda yaxshi ishlaydigan, potensiali yuqori bo‘lgan jamoaga egaman. O‘zbekiston - oxirigacha kurashadigan jamoa. Bu o‘zbek xalqining eng muhim  fazilati", - dedi termamiz ustozi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
12/12/2025 09:46
Бу гаплар хозирча жаранглайди лекинмехнатни самараси майдонда куринади, УЗБЕК ЙИГИТЛАРИГА ОМАД ЁР БУЛСИН .