Fabregas faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin

  • 20 dekabr, 2018, 20:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchiga ayni damda chempionatda ishlari yurishmayotgan “Monako” jiddiy qiziqib qoldi. Qayd etish lozimki, uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va  shu bois monakoliklar uni qishki transferlar davrida Fabregasni arzimagan mablag‘ evaziga sotib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Fabregasga shuningdek "Milan" hamda "Fenerbaxche" klublaridan ham jiddiy takliflar bor.

Ma’lumot uchun, Fabregas joriy mavsum “Chelsi” safida 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!