
Fabritsio Romano: Messi PSJni tark etadi. Bunga hech qanday shubha yo‘q
PSJ futbolchisi Lionel Messi mavsum so‘nggida klubni tark etadi. Ushbu turdagi xabarlarni Fabritsio Romano ham tasdiqladi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, uning ketishiga endi hech qanday shubha qolmadi. Hujumchining otasi parijliklarga bir oy oldin ketishlarini ma’lum qilgan.
Messi ayni dam Saudiya Arabistonida. Argentinalikning ushbu tashrifi unga biroz qimmatga tushdi. Klub futbolchini 2 hafta mashg‘ulotlar va o‘yinlardan chetlatdi. Maoshidan ham olib qolinadigan bo‘ldi.
Lionelning keyingi manzili hozircha noma’lum. Uni "Al-Hilol" qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Shu birgalikda, MSL va "Barselona" variantlari ham mavjud.
Fikrlar