
FAKT! "Dinamo"ni 8 o‘yindan beri engadigan jamoa topilmayapti
Samarqandning "Dinamo" jamoasi joriy mavsum Pro-ligada etakchilar qatorida bormoqda. Klub so‘nggi o‘yinlarda ajoyib natijalar qayd etyapti.
Jumladan, "arslonlar" naq 8 bahsdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Jamoa oxirgi marta o‘tgan yili Superliga doirasida "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergandi - 0:1.
Shundan so‘ng Superligadagi ikki, Pro-ligadagi besh va O‘zbekiston kubogidagi bir uchrashuvda Abramov shogirdlari mag‘lubiyatga uchramadi. Jamoa 7 g‘alaba va 1 durang natija qayd etdi. Yagona durang Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi (1:1) Pro-liga o‘yinida qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar