Fakt! "Paxtakor" hali hech bir mavsumni ikki mag‘lubiyat bilan boshlamagan
Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.
Qizig‘i, bu natija "Paxtakor"ning chempionatlarimiz tarixidagi eng yomon starti bo‘ldi. Bundan oldingisi 2010 yilda qayd etilgan bo‘lib, "sherlar" o‘sha yili 2 o‘yinda 1 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shatskix shogirdlari ayni payt musobaqaning ikki turida birorta ochko to‘play olmadi.

Fikrlar