FAKT! Surxon safarda "Metallurg"ni mag‘lub etmagan

  • 7 avgust, 2021, 16:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Surxon" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bekobodliklar mazkur bellashuv oldidan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Mazkur jamoalar kuchlilar safida bugungacha 19 bor to‘qnash kelishgan bo‘lib ustunlik poytaxt viloyati vakillari tomonida. Bekobodliklar 9 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 7 o‘yinda kuchlar teng kelgan, 3 bahsda esa termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi “Metallurg” foydasiga: 23-16. Ushbu o‘yinlarda poytaxt viloyati vakillari 34, surxondaryoliklar esa 16 ochkolik bo‘lishgan.

Bekobodda kechgan 9 uchrashuvda “Metallurg” to‘liq tashabbusga ega bo‘lgan. Maydon egalari 8 ta o‘yinda raqiblarini taslim etgan bo‘lsa, faqat 1 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi: 15-3, “Metallurg” foydasiga.

Bu yilgi mavsumni aynan Termizda “Surxon”ga qarshi o‘yin bilan boshlagan “Metallurg” so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol evaziga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Uchrashuv taqdirini hakam tomonidan qo‘shib berilgan kompensatsiya vaqti – 90+1 daqiqada Jasurbek Yoqubov kiritgan gol hal etgandi.

Mazkur jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari:

29.11.2020 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
30.11.2019 “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
18.09.2004 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
23.08.2003 “Metallurg” – “Surxon” – 2:0
02.11.2002 “Metallurg” – “Surxon” – 1:0
13.03.2001 “Metallurg” – “Surxon” – 2:1
06.08.2000 “Metallurg” – “Surxon” – 2:1
06.11.1999 “Metallurg” – “Surxon” – 1:1
23.09.1998 “Metallurg” – “Surxon” – 3:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!