Fakt. "Yuventus"ning barcha gollarini Ronaldu uryapti!
Krishtianu Ronaldu so‘nggi ikki mavsumdan buyon Chempionlar ligasi pley-off bosqichida gol urayotgan "Yuventus"ning yagona futbolchisi hisoblanadi.
Ushbu davr mobaynida “keksa sinora” "Atletiko", "Ayaks" va "Lion" klublariga qarshi 2 tadan, jami 6 ta o‘yin o‘tkazdi va 7 ta gol urdi.
35 yoshli portugaliyalik futbolchi “Yuventus”ga 2018 yil “Real”dan 117 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar