Farhod Bekmuratov Malayziyaga ketadimi yoki...

  • 17 dekabr, 2024, 20:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
CHERY AUTO

Yurtimizda qishki transfer oynasi ochilgach, barcha klublar tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berayotgani muxlislarni qiziqtirayotgani tabiiy. Jumladan, “Andijon” safida ham e’tiborga molik o‘zgarishlar kuzatilmoqda. “Burgutlar” tarkibini tark etayotgan futbolchilar ham bor.

Tecno

Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshli tajribali yarim himoyachi Farhod Bekmuratov kelasi mavsumni katta ehtimol bilan boshqa klubda boshlaydi. “Andijon” bilan shu oyda shartnomasi yakuniga etadigan futbolchining xizmatiga qiziqish bildirayotgan klublar talaygina.

Shuningdek, unga Malayziya chempionatidan ham aniq takliflar mavjud. Uni qo‘lga kiritish uchun kurashayotgan jamoalar orasida Toshkentning “Lokomotiv” klubi etakchilik qilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Farhod so‘nggi ikki mavsumni “Andijon”da o‘tkazdi. O‘tgan vaqt davomida “Burgutlar” safida 50 ta o‘yinda maydonga tushdi. E’tiborlisi, u ilgari “Andijon” bilan pro liga g‘olibiga aylangan. Keyin “Lokomotiv”da mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu yil esa O‘zbekiston Kubogidan avval bergan intervyusida Kubokni qo‘lga kiritishga va’da bergandi va u o‘z va’dasining ustidan chiqdi.

Tez orada Bekmuratov oldida turgan tanlovlardan birini tanlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!