
Fati futbolni tark etish haqida o‘ylaganmi? Futbolchining o‘zi javob berdi
Ansu Fati jarohatidan tiklanishi haqida gapirdi.
- Ansuning 100 foizlik versiyasini qachon ko‘ramiz?
- Men bunga erishish uchun qattiq mehnat qilyapman. Avvalgi formamga qaytishimga shubham yo‘q. To‘g‘ri, hozir ham yuz foiz tayyor emasman, ammo kundan-kunga bunga yaqinlashmoqdaman.
Qayta jarohat olishdan qo‘rqasizmi?
- Jarohatdan qaytgach, juda ehtiyotkorlik bilan o‘ynashingiz normal holat. Ammo bu faqat ilk daqiqalarda sodir bo‘ladi, keyin esa hammasini unutasiz. Hozir men qo‘rqmasdan o‘ynayapman.
Futbolni tark etish haqida o‘ylaganmisiz?
- Hech qachon. Jarohatlar - futbolchining faoliyati davomida sodir bo‘ladi. Yoshligimda bundan ham jiddiyroq jarohatlarga duch kelganman. Men qaerdan kelganimda va qaerda ekanligimni bilaman. Men hali juda yoshman", - dedi "Barselona" vingeri.
Fikrlar