Fati qaerga ketyapti?

  • 19 avgust, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan Ansu Fati faoliyatining boshida ketma-ket og‘ir jarohatlarga yo‘lliqanidan keyin mana bir necha mavsumdan beri ilgarigi darajasiga chiqa olmayapti.

Tecno

Buning oqibatida “Messining vorisi” deb e’tirof etilgan yulduz “Barselona” tarkibiga kira olmay qoldi. O‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida ijara asosida “Brayton” sharafini himoya qilgan Fati bu gal Ispaniyadan yangi ish joyi topdi.

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi “Sevilya”da ijara asosida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Bu transfer amalga oshishi uchun klublar o‘yinchining maoshi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishi kerak. Andalusiyaliklar qimmatbaho futbolchi maoshining 35 foizidan ortig‘ini to‘lay olmasligini ta’kidlayapti. Bundan holatda yo Ansu Fati talabini pasaytirishi, yoki kataloniyaliklar maoshning qolgan qismini to‘lashni bo‘yniga olishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!