
Fati uzoq vaqt "Barselona"ga yordam bera olmaydi
"Barselona" futbolchi Ansu Fati qachon maydonga qaytishi borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘la boshladi.
"AS" nashri tarqatayotgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik hujumchi aprel oyining so‘nggiga qadar o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi. U sonidan olgan jarohati tufayli ancha vaqtdan buyon maydonga tusha olmayapti. Fatining o‘zi "Real" bilan o‘yinga qadar tuzalishni rejalashtirgan. Biroq "ko‘k-anorranglilar" murabbiylar shtabi bu masalada shoshilmoqchi emas.
Klubning fikricha, 19 yoshli iqtidor egasining tiklanishi uchun 10 hafta, formaga qaytishi uchun esa 2-3 hafta kerak.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Barselona" uchrashuvi 20 mart sanasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar