
Fayzullaev BAA va Turkiyaga borishi kutilyapti
TsSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullaev jamoasi bilan kishki yig‘inni qaerda olib borishi ma’lum.
"Armiyachilar" matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, jamoa 13 yanvardan 23 yanvarga qadar BAA poytaxti Abu-Dabida bo‘ladi. Biroz tanaffusdan so‘ng, aniqrog‘i 27 yanvardan boshlab to 11 fevralgacha ular aynan shu shaharda yig‘inning ikkinchi qismini o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Moskva klubi 2 fevraldan 23 fevralga qadar Turkiyaning Belek shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettiradi.
Qayd etish lozim, legionerimizga "Monako" hamda "Real Sosedad" jamoalari qiziqish bildirmoqda. U qishda klubni tark etish ehtimoli past. Biroq yozda hamyurtimiz Evropaning ko‘zga ko‘ringan klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fikrlar