
Fayzullaev eng ko‘p “kaltak” egan futbolchi bo‘ldi
Rossiya Premer-ligasi 12-tur yakunlariga ko‘ra, turli statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qozon shahrida o‘tkazilgan va hisob ochilmagan “Rubin” va TsSKA o‘yinida Abbosbek Fayzullaev juda faol o‘ynadi.
Natijada hamyurtimiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Rossiya Premer-ligasi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, 12-turda Abbosbek Fayzullaev raqiblar unga nisbatan eng ko‘p qoida buzgan o‘yinchi bo‘ldi. “Rubin” vakillari legionerimizga nisbatan to‘rtta vaziyatda qo‘pol harakat qilgan.
12-turning e’tiborga molik voqealari aks etgan statistikani quyidagi suratdan ko‘rib olishingiz mumkin.
Abbosbek Fayzullaev TsSKA tarkibidagi navbatdagi uchrashuvini 29 oktyabr kuni Moskvada chempionat peshqadami “Krasnodar”ga qarshi o‘tkazadi.
Shomurodov izidan. 17 yoshli futbolchimiz legionerga aylanishi kutilyapti!
Fikrlar