Shomurodov izidan. 17 yoshli futbolchimiz legionerga aylanishi kutilyapti!

  • 5 noyabr, 2023, 05:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi jamoalarida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilariga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.

Tecno

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, “Rostov” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubi vakili – 17 yoshli yarim himoyachi Lazizbek Mirzaevni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Iste’dodli futbolchimiz rossiyalik skautlar nazariga 22 oktyabr kuni Turkiyadagi turnir doirasida o‘tkazilgan o‘yinda tushgan.

Lazizbek Mirzaev 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Jaloliddin Rahmatullaev bosh murabbiylik qilayotgan bu terma jamoamiz jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

gettyimages-1258766479-1024x1024

Shu bois, 17 yoshli futbolchilarimiz Turkiyada o‘tkazilayotgan Antalya Nations Week xalqaro turnirida qatnashyapti. Hamyurtlarimiz birinchi o‘yinda Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashib, raqibni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Rossiyaliklar darvozasiga kiritilgan gollardan ikkitasiga Ollobergan Karimov, qolganlariga Lazizbek Mirzaev va Shodiyor Shodibekov mualliflik qildi.

Aynan mana shu bellashuvda Lazizbek Mirzaev ko‘rsatgan o‘yin “Rostov” mutasaddilariga ma’qul keldi.

Rossiyaning nufuzli nashrlaridan biri - https://www.sports.ru saytining yozishicha, “Rostov” klubi Mirzaev transferini 2024 yilning oktyabrida – yarim himoyachi 18 yoshga to‘lganidan keyin amalga oshirishga qaror qilgan. Ungacha hujumkor futbolchimiz  klub skautlari tomonidan jiddiy kuzatuv ostida bo‘ladi.

Biroq Lazizbek Mirzaev boshqa jamoalardan biriga nasib qilishi ham mumkin. Chunki manbalar Lazizbek futbolchimizni qo‘lga kiritish uchun Rossiya Premer-ligasining boshqa klublari ham da’vogarlik qilayotganini ta’kidlamoqda. 

Ma’lumotlarda keltirilishicha, Lazizbek Mirzaev mashhur futbolchi Odil Ahmedov akademiyasidan etishib chiqqan va 2022 yilning yanvarida “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolagan. Uning Toshkent klubi bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha tuzilgan va transfer summasi 50 ming evroni tashkil qiladi.

Lazizbek Mirzaevni Rossiya klublariga kashf qilib bergan Antalya Nations Week xalqaro turnirida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yana ikkita o‘yin o‘tkazadi. Iste’dodli futbolchilarimiz 25 oktyabr kuni Panama va 28 oktyabr kuni Senegal yoshlar terma jamoasiga qarshi saf tortadi.

kubok-azii-u-17nbspuzbekistan-obygral-saudovskuju-araviju-v-chetvertfinale-i-vyshel-na-chmnbsp-ec4439c

Eslatib o‘tamiz, “Rostov” klubi bugungi kunda o‘zbek futbolining eng mashhur vakili Eldor Shomurodov faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu klubda mahoratini oshirgan hamyurtimiz kuchli beshlik chempionatlaridan Italiya A Seriyasiga yo‘l oldi.

Shomurodov  A Seriyada “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” sharafini himoya qilgan va ayni paytda rimliklarga tegishli legionerimiz ijara asosida “Kalyari” uchun o‘ynayapti.

Lazizbek Mirzaev va boshqa iqtidorli futbolchilarimizga ham Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanovning yo‘lini berib, Evropaning eng kuchli ligalarida o‘ynash nasib qilishini tilab qolamiz.

Husanov bugun Chempionlar ligasida debyut qiladimi?

O‘zbek futbolchilar gol urgan uchrashuvlarda yutqazmagan jamoa tarixda ilk bor chempion bo‘ldi

Ekspert Shomurodov nega gol ura olmayotganini tahlil qilib berdi

Ekspert: Muammo Shomurodovda emas, bunaqada hech qaysi hujumchi o‘zini ko‘rsata olmaydi!

“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

Shomurodov - arzon jamoaning qimmat o‘yinchisi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурад Умаров
24/10/2023 21:41
Истедодли ёшларимиз купайиши М Т Ж фойдаси.
Кучли бешликда кутамиз .