
Fayzullaev: "Moskva yashash uchun qimmat shahar..."
Abbosbek Fayzullaev Moskvada yashash haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
- Men Moskvani yashash uchun qimmat shahar ekanligini bildim. Nima sababdan bundayligini aniq ayta olmayman. Sababi, men futbolchiman va bu haqida ko‘p o‘ylamayman. Hozir men jamoa bazada yashamayman, ijarada turaman.
- Ijara narxi qimmatmi?
- O‘rtacha miqdordagi narx, - dedi TsSKA yarim himoyachisi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yili "armiyachilar" safiga borib qo‘shilgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar amal qiladi.
Fikrlar