
Felish sobiq jamoasi safiga qaytishga yaqin
"Chelsi" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Felish "Benfika"ga qaytish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Lissabon klubi futbolchi bilan barcha shartlarni kelishib olgach, transferni rasmiylashtirish uchun "Chelsi" bilan muzokaralarga kirishgan. Felish uchun bu sobiq jamoasiga qaytish bo‘ladi: u 2015 yildan 2019 yilgacha "Benfika"da to‘p tepgan va so‘ngra 127,5 million evroga "Atletiko Madrid"ga sotilgan edi.
Biroq, hujumchi "matraschilar" safida o‘zini ko‘rsata olmadi va "Chelsi" uni sotib oldi. Futbolchi o‘tgan mavsum yarmini "Milan"da ijarada o‘tkazdi. U A Seriyada 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.
Fikrlar