
Felish tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
Xabaringiz bor, "Chelsi" Joau Felish transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. Portugaliyalik futbolchi ayni paytda Londonda va tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqida Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli vinger bugun shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda. Transfer esa tez orada rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bitim 2030 yilgacha amal qiladi. Shu bilan birga, shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Mazkur transfer uchun "Chelsi" 40 million evrodan ko‘proq sarflashi kutilmoqda.
Fikrlar