
"Fenerbaxche" O‘zil haqida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi “Arsenal” xavbeki Mesut O‘zilni sotib olishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
“So‘nggi kunlarda Mesut O‘zil borasida tarqalgan ko‘plab mish-mishlardan so‘ng vaziyatga oydinlik kiritishga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zil ajoyib faoliyati va erishgan mavqeyi bilan mamlakatimizning xorijdagi o‘rnini yanada ko‘tarilishiga munosib xizmat qildi. Ammo, shuni ma’lum qilamizki “Fenerbaxche” uning transferi borasida taklif bilan chiqmagan. Klubning hozirgi moliyaviy holati buni amalga oshirishga imkon bermaydi”, - deydi O‘zil.
Eslatib o‘tamiz, O‘zil garchi Germaniya fuqarosi bo‘lsada, uning kelib chiqishi turk millatiga mansub.
Fikrlar