Ferdinand APLda kim eng zo‘ri ekanligini aytdi

  • 5 oktabr, 2021, 15:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh haqida iliq fikr bildirdi. 

"Saloh hozir APLda eng yaxshi futbolchi. Uning "Manchester Siti"ga urgan goli xuddi FIFA video o‘yinidagi kabi bo‘ldi. Men FIFA o‘ynaganimda bu uslubda ko‘p to‘p kiritganman. Bu kabi gollar futbol maydonidagi yuksak mahoratning bir ko‘rinishidir. 

U "Liverpul"ga Angliya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish uchun o‘z gollari bilan ko‘p yordam bergan", - dedi Ferdinand. 

Ma’lumot o‘rnida, misrlik vinger ushbu mavsum APLda 7 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!