
Ferdinand: "Ular bir-birlarini yomon ko‘radi"
"Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand ayni paytda MYu safida to‘p tepayotgan futbolchilarning hatti-harakatidan norozi bo‘lmoqda.
"Tashqaridan qaraganda, ular hammasi bir-birlarini hurmat qiladigandek ko‘rinadi. Ularning barchasi ofisda o‘tirib ishlayotgandek tuyuladi. Shunisi aniqki, mankunialiklarning hozirgi o‘yinchilari bir-birlarini yoqtirmaydi.
G‘alaba qozonish uchun ba’zida odamlarni turtkilash kerak. Ularga "siz axlatsiz", "o‘zingizni tartibga soling", deyish lozim. Tajovuzkor bo‘lishingiz shart emas, oddiy suhbatning o‘zi etarli.
Men reaktsiya ko‘rmayapman. Bu futbolchilar huddi butun dunyo ularga qarshi bo‘lgandek egilib yurishadi va baxtsiz ko‘rinadi", - dedi Ferdinand.
Fikrlar