
Fergyuson Ronalduni "Barselona"ga sotmoqchi bo‘lgani haqida eshitganmisiz?
"Real" Madrid klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu MYuda o‘ynab yurgan paytlarida “Barselona”ga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.
“Men Krishtianu bilan 2007 va 2008 yillarda muzokaralar o‘tkazganman. “Manchester Yunayted” esa o‘z etakchisini sotishni xohlamagan, ammo Ronaldu o‘zi nima xohlayotganini juda yaxshi tushungan. U “Real”ga o‘tishni istagan.
Fergyuson Ronalduni qo‘yib yuborishni xohlamagan, uni “Real”ga sotishni istamagan. U Krishtianuning xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilgan. Bundan esa kataloniyaliklar juda xursand bo‘lishdi, lekin Ronaldu o‘shanda “Real” oldida qarzdor ekanini his qildi”, - deydi Kalderon.
Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real” sharafini himoya qildi va shundan so‘ng 117 mln evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar