
Fevzi Davletov: "Bu yarim final ekanligini barcha yaxshi bilib turibdi"
O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Termizliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.
- Juda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik. “Navbahor”ning jamoamizga qaraganda, to‘rt kun ko‘proq dam olgani sezildi. Biz esa “Paxtakor”ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Bizga harakat etishmadi. Qo‘pol xato golga sabab bo‘ldi. Agar xato qilsak, o‘yinga qaytishimiz qiyin bo‘lar edi. Buni bilar edik. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qildik, ammo vaziyat yarata olmadik. Agressiya etishmadi.
- “Andijon”ga qarshi kechadigan O‘zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi bahs haqida fikringiz?
- Bizni oson bo‘lmagan bellashuv kutib turibdi. Bu yarim final ekanligini barcha jamoa bilib turibdi. G‘alaba final yo‘llanmasini beradi.
- Darvozabon Dilshod Yo‘ldoshevning jarohati va uning ampluadoshi Davron Merganovning harakatlari haqidagi fikringiz?
- O‘ylashimcha, sentyabr oyida Yo‘ldoshevning masalasi to‘liq hal bo‘ladi. Davron yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Unda hech qanday muammo yo‘q.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar