
Fevzi Davletov "Surxon"ning navbatdagi mag‘lubiyatidan so‘ng qanday fikr bildirdi?
“Surxon” – “Andijon” (2:3) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Kutilgan printsilial raqibga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Standart vaziyatlarga e’tibor qaratgandim. Raqib jamoani bu borada ustun ekanliklarini bilardik. Qaerdir uddaladik, qaerdadir vaziyatni ko‘zdan qochirdik. Hujumda tajovuzkor o‘yin ko‘rsatishini aytgan edim, yana gol urishimiz kerak edi.
- “Surxon” chempionatni uchta mag‘lubiyat bilan boshladi. Nima bo‘lyapti, jamoaga?
- Biz hozir optimal tarkibni shakllantiryapmiz. Ketma-ket o‘yinlardan tushunarsiz xatolar yuzaga kelyapti. Ruhiy bosimdan chiqish jarayoni kechmoqda. Xatolardan so‘ng tiklanish qiyin bo‘lmoqda. Shunday sabablarga ko‘ra bizda muammolar bo‘lmoqda.
- Endi chempionatimizda kichik tanaffus. Bu payt davomida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchisiz?
Tabiiyki, nazorat o‘yini bor, bizda. Yana ko‘rdingiz, biz qizil kartochka oldik. Egor Krimets jarohatdan endi tiklanib qaytgandi. Ikki asosiy o‘yinchilarimizda kichik jarohatlar bor, ular tiklanish jarayonida.
- Salbiy natijalardan keyin muxlislar orasida Davletov iste’foga chiqsin, degan gaplar ham yo‘q emas. Jamoada ichki muhit qanday?
- Jamoada hech qanday muammo yo‘q, xammasi joyida.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar