
FIDE Circuit ochkolari yangilandi, Abdusattorov 6-o‘rinda
FIDE Circuit ochkolari yangilandi.
10 mart holatiga ko‘ra, 2025 yilgi FIDE Circuit reytingida Ding Liren 40.64 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyin Praggnanandhaa R 36.06 ochko bilan ikkinchi, Aravindh Chithambaram esa 24.34 ochko bilan uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Gukesh Dommaradju (22.37) va Mark Andria Maurizzi (22.02) kuchli beshlikni yakunlab turibdi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 18.42 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi! Shuningdek, ilk o‘ntalikda Ian Nepomniachtchi (18.01), Vei Yi (17.64), Anish Giri (17.64) va Vladimir Fedoseev (15.59) ham bor.
FIDE Circuit reytingi yil davomida o‘tkaziladigan yirik turnirlar natijalari asosida shakllanadi. Mavsum yakunida eng yuqori ochko jamg‘argan shaxmatchi keyingi nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi!
Fikrlar