
FIFA bugun "The Best" sovriniga nomzodlarni e’lon qiladi
FIFA bugun "The Best" sovriniga nomzod futbolchi va murabbiylarni e’lon qiladi.
Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da ayollar futbolida eng yaxshi murabbiyi nomzodlarini e’lon qilsa, 17:00 da eng yaxshi erkaklar futboli murabbiyi nomzodlarini e’lon qiladi.
Poytaxtimizda soat 18:00 bo‘lgan bir paytda, ayollar orasida eng yaxshi futbolchi nominatsiyasi nomzodlari bilan tanishish mumkin bo‘ladi. Nihoyat, soat 19:00 da erkaklar orasida dunyoning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlari bilan tanishib o‘tamiz.
O‘tgan yili FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin "Oltin to‘p"ni "Real" yarim ximoyachisi Luka Modrichga bergan edi. Braziliyalik rekordchi ayol Marta 6 karra ayollar futbolida eng yaxshi deb topilgandi.
Jaxon chempioni bo‘lgan Frantsiya termasi ustozi Dide Desham yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.
Avvalroq ma’lum bo‘lganidek, 23-sentyabr kuni Milan shaxrida joylashgan "La Skala" opera teatri zalida FIFA "The Best" sovrinini topshiradi.
Fikrlar