FIFA JCh-2026 uchun qancha chipta sotilganini ma’lum qildi
2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga milliondan ortiq chipta sotildi. Turnirga 212 mamlakat va hududdan muxlislar tashrif buyuradi. Bu haqda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 48 ta terma jamoa 4 ta terma jamoadan iborat 12 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Jahon chempionatining pley-off bosqichiga dastlabki ikki o‘rinni egallagan ishtirokchilar, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa yo‘l oladi. Bundan tashqari, 2026 yilgi jahon chempionatida yangi bosqich - 1/16 final qo‘shiladi.



Fikrlar