
FIFA "Mash’al"dan transfer taqiqini olib tashladi
Bir muddat avval “Mash’al” futbol klubining nigeriyalik bo‘lgan sobiq futbolchisi Ibe Mikael Okoro klubni u bilan to‘liq hisob-kitob qilmagani borasida FIFAgi shikoyat qilgani haqida ma’lumot bergandik.
Mazkur shikoyatni o‘rganib chiqqan FIFA futbolchilar maqomi va o‘tishi qo‘mitasi joriy yilning aprel oyida “Mash’al” va Ibe Mikael Okoro o‘rtasidagi bahsli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, “Mash’al” futbol klubi zimmasiga yuklatilgan jarima to‘lovlarini 45 kun muddat ichida to‘lash shartini qo‘ygan edi.
Kuni kecha futbolchining vakillari FIFAga klub bu borada to‘liq to‘lovni amalga oshirmadi, deya murojaat qilishdi. Shu sababli FIFA 30 maydan e’tiboran “Mash’al” futbol klubi uchun transfer taqiqi belgilagan edi.
“Mash’al” hozirga kelib Ibe Mikael Okoroga barcha to‘lovlarni amalga oshirib FIFAga barcha ma’lumotlarni taqdim etdi va yakunda FIFA “Mash’al” jamoasi taqdim etgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, transfer taqiqini bekor qildi.
“Mash’al” matbuot xizmati.
Fikrlar