FIFA Messiga yordam beradimi?
“Barselona” rahbariyati to‘sqinlik qilayotganiga qaramay, Lionel Messi yaqin orada boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishga harakat qilmoqda.
Argentinalik hujumchi Xalqaro futbol federatsiyasiga murojaat qilib, xalqaro transfer sertifikatini so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Bu hujjat Ispaniya futbol uyushmasi tomonidan futbolchi boradigan mamlakatning futbol federatsiyasiga yuborilishi kerak.
22 yillik umrini “Barselona”ga bag‘ishlagan futbolchi klub rahbariyatidan jiddiy tarzda norozi ekanini namoyish qilib, hech qanday vaziyatda ham Kataloniyada qolmasligini ko‘rsatmoqda.
Lionel Messining Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.
Fikrlar