FIFA mutaxassislari futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirishda davom etmoqda

  • 5 fevral, 2024, 19:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida FIFAning musobaqalar o‘tkaziladigan obektlar menejmenti mutaxassisi Ailton Prado yurtimizga tashrif buyurdi.

Tecno

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O‘FA ishchi guruhi Ailton Pradoni “Humo” arenadagi barcha shart-sharoitlar bilan tanishtirdi. Arena maydonini jahon standardlariga mos tarzda tayyorlash hamda jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, ofislar, media markaz, kameralar uchun platformalar va boshqa zaruriy sharoitlar FIFA talablariga muvofiq tashkil etilishi bo‘yicha fikrlar almashildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!