FIFA o‘zbek klubiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

  • 10.02.2021 20:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kun avval FIFA tomonidan "Surxon" klubiga transfer taqiqi qo‘yilgani borasida xabar bergandik.

Kecha "Surxon" futbol klubining elektron pochta manziliga FIFA tartib-intizom qo‘mitasi (Secretariat to the FIFA Disciplinary Committee) tomonidan xat kelib tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu xatda FIFA tartib-intizom qo‘mitasi klubga qo‘yilgan taqiq rasman olib tashlanganini ma’lum qilgan. Shu bois, jamoa 10dan ortiq futbolchi bilan shartnoma imzoladi va ayrim o‘yinchilari bilan bitimni uzaytirdi.

O‘z navbatida, termizliklar jamoa sobiq legioneri Vladimir Bubanya oldidagi qarzdorlikdan qutilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!