FIFA O‘zbekiston qatnashadigan mundialda diskvalifikatsiya qoidalarini o‘zgartiradi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yildgi jahon chempionati davomida yig‘ilgan sariq kartochkalar bo‘yicha diskvalifikatsiya qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi BBC Sport.
Manbaga ko‘ra, ishtirokchilar va o‘yinlar soni oshgani sababli, turnir davomida olingan sariq kartochkalar ikki marta bekor qilinadi: guruh bosqichidan keyin va chorak finaldan so‘ng.
Bu masala Kanadaning Vankuver shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA Kengashi yig‘ilishi doirasida muhokama qilinadi.
Yangilik kiritilishining asosiy sababi – jahon chempionatida qo‘shimcha pley-off bosqichi, ya’ni 1/16 final paydo bo‘lganidir.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan jahon chempionatida avvalgidek 32 emas, endi turnirda tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichida “K” kvartetida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan raqobatlashadi.

Fikrlar