
FIFA prezidenti Toshkentga keldi (FOTO)
FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentga keldi. Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov kutib oldi.
Infantino soat 20:00 da start olgan Argentina va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi futzal bo‘yicha jahon chempionati final uchrashuvini "Humo Arena"dan turib tomosha qilmoqda.
Fikrlar