FIFA "Qizilqum"ga nisbatan qo‘yilgan transfer taqiqini olib tashladi

  • 29 iyul, 2024, 17:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 4 aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi "Qizilqum" hamda uning Shimoliy makedoniyalik sobiq futbolchisi Marko Simonovski o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargandi. Unga asosan "Qiziqilum" sobiq o‘yinchisi oldidagi moliyaviy majburiyatni 45 kun muddat ichida bartaraf etishi lozim edi. 

Tecno

Klub belgilangan muddat ichida bu masalani bartaraf etmagach, iyun oyida unga nisbatan transfer taqiqi joriy etilgan edi. 

"Qizilqum" kuni kecha futbolchi bilan hisob-kitob qildi va FIFAga taqiqni olish bo‘yicha so‘rov yuborildi. Bugun FIFA "Qizilqum"dan transfer taqiqini olib tashladi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. Oxunjon
29/07/2024 17:50
Narmalni liganer olinglar endi bir tinga qimmat edi ko'p pulni shilib ketdimi qachangacha oxirgi o'rinlar un kurashamiz birayam bir chiqaylik osiyoga