FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekistonning ochkosi oshdi, o‘rni ko‘tarildimi?

  • 17 sentabr, 2020, 13:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon terma jamoalarining 17 sentyabr holatiga ko‘ra, yangi reyting jadvalini e’lon qildi.

Tecno

Ushbu reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z o‘rnini saqlab qolib, ro‘yxatning 85-pog‘onasida turibdi. Avvalgi reytingga nisbatan, milliy terma jamoamiz to‘plagan ochkolar soni 1986 dan 1990gacha o‘sdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rni ham o‘zgarmadi. Hozircha, qit’adoshlarimiz orasida 12-pog‘onadamiz. O‘zbekiston Markaziy Osiyo vakillari orasida jahon reytingida Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan yuqorida bormoqda.

Osiyo jamoalari o‘rtasida jahon reytingining 28-pog‘onasida qayd etilgan Yaponiya peshqadam. Eron va Janubiy Koreya futbolchilari qit’amizning kuchli uchligidan joy oldi.

Dunyodagi terma jamoalar o‘rtasida Belgiya, Frantsiya va Braziliya hamon etakchilik qilmoqda.

Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

1 (1-avvalgi reytingdagi o‘rni). Belgiya — 1773 ochko

2 (2). Frantsiya — 1744

3 (3). Braziliya — 1712

4 (4). Angliya — 1664

5 (7). Portugaliya — 1653

6 (5). Urugvay — 1645

7 (8). Ispaniya — 1642

8 (6). Xorvatiya — 1628

9 (9). Argentina — 1623

10 (10). Kolumbiya — 1622

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!