FIFA reytingi yangilandi. Yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston ochko yo‘qotdi (foto)

  • 21 oktabr, 2021, 16:01
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA tashkiloti terma jamoalarning yangilangan reytingini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 1832.33 ochko to‘plagan holda, Belgiya peshqadamlikni saqlab turibdi. Ikkinchi pog‘onani 1820.36 ball jamg‘argan Braziliya band etgan. Kuchli uchlikka yaqindagina Millatlar ligasi g‘olibiga aylangan Frantsiya yakun yasagan. "Uch ranglilar" hisobida 1779.24 ochko mavjud.

Tecno

OFKda esa katta o‘zgarish kuzatilmagan. Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi 2.54 ochko yo‘qotdi. Shunga qaramay, vakillarimiz hamon 84-o‘rinni band etgan. Ma’lumot uchun, Srechko Katanets shogirdlari Malayziya ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozongan, Iordaniyaga esa, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

image_2021-10-21_15-39-39

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
22/10/2021 23:03
Ахволимиз яхши ю лекин чўкаяпмиз...
деган эканми...
&
Бухорий Шариф
22/10/2021 23:03
Ахволимиз яхши ю лекин чўкаяпмиз...
деган эканми...
&
Toʻlqin
21/10/2021 16:08
Iroq Xitoy TJlari kechagina bizdan yutqazib yurardi ularda usish yaxshida bizda ham usish ulardan kuchli faqat pastga qarab usyapmizda