FIFA Rossiya va Ukraina chempionatida to‘p surayotgan legionerlar uchun transfer oynasini ochdi

  • 8 mart, 2022, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA Rossiya premer-ligasi va Ukraina premer-ligasi klublarida to‘p surayotgan legionerlar shartnomalarini 2022 yilning 30 iyuniga qadar to‘xtatish huquqiga ega ekanligini ma’lum qildi.

Tecno

Shu tariqa xorijlik futbolchilar mavsumni boshqa klublarda yakunlashlari mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, transfer oynasi 7 aprelga qadar ochiq bo‘ladi. Xorijiy klublar esa ikki nafardan ko‘p bo‘lmagan futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Avvalroq UEFA va FIFA Rossiya terma jamoasi va klublarini barcha xalqaro turnirlardan chetlatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!