FIFA va UEFA tomonidan chetlatilgan Rossiya terma jamoasi mart oyida kimga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi?

  • 19 mart, 2022, 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, mart oyida FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi va unda ko‘plab terma jamoalar JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan bahslarni hamda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Tecno

E’tiborlisi, FIFA va UEFA tomonidan barcha xalqaro musobaqalardan chetlatilgan Rossiya terma jamoasi mart oyida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda mamlakat futbol ittifoqi xabar berdi.

Ta’kidlash kerakki, 21-27 mart kunlari bo‘ladigan ushbu yig‘in davomida Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya terma jamoasi Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan. Mart oyidagi yig‘inga quyidagi futbolchilar chaqirilgan>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!