
FIFA va UEFA tomonidan yakkalatib qo‘yilgan Rossiya terma jamoasi kuzda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi
Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov mamlakat milliy terma jamoasi ishtirokida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilishi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
"Kuzda terma jamoa o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha bir nechta milliy assotsiatsiyalar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Umid qilamanki, biz iyul oyida raqiblar nomini e’lon qilamiz.
Turli variantlar muhokama qilinmoqda, biz uyda hech bo‘lmaganda bitta o‘yin o‘tkazishni xohlaymiz”, - dedi Dyukov.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval FIFA va UEFA Rossiya terma jamoasina xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi.
Fikrlar