Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar aniqlandi

CHERY AUTO

 

Tecno

Toshkentda figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Uch kun davom etgan qiziqarli bahslarda g‘olib va sovrindorlar nomi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Ayollar, yakkalik:

1-o‘rin: Shohsanam Tohirova - 90,60 ball
2-o‘rin: Kamilla Faradaeva - 84,48
3-o‘rin: Mariya Filippova - 80,90

O‘smir qizlar, yakkalik:

1-o‘rin: Alyona Mezentseva - 98,83
2-o‘rin: Laziza Solieva - 91,55
3-o‘rin: Ekaterina Tertychnaya - 85,40

Muz ustida raqs, juftlik:

1-o‘rin: Yuliya Kim/Shohrux Sultonov - 85,23
2-o‘rin: Arina Pavlishuk/Aleksandr Kurolotka - 85,21
3-o‘rin: Amira Mirolimova/Konstantin Li - 69,68

Shuningdek, sportcha chiqishning juftlik bahslarida Anastasiya Sazonova/Jamshid Toshmuhammedov tandemi 66,53 ball to‘plab chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida esa 49,24 ball jamg‘argan Timur Zvyagin tengsiz deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!